Nazarboyevning oltin tasviri aks etgan tanga chiqarildi
Qozog‘istonda «Ajablanarli voqealar va odamlar» kolleksiyasi seriyasiga yangi 1000 tenge miqdoridagi tangalar muomalaga chiqarildi. Bu haqda respublika Milliy banki matbuot xizmati xabar qildi.
Tangada birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning oltin tasviri, mamlakat bayrog‘i va prezident ma’muriyati binosi tasvirlangan. Orqa tomonda gerb va Baiterek yodgorligi joylashgan.
Tanga kumushdan, faqat profil oltindan ishlangan. Uning massasi 62,2 grammga teng — 16 gramm oltin va 46,2 gramm kumush.
Tanga ming dona miqdorida chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter