Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiydan qaytgan Bosh prokuror Departament va MIB mas’ullarini yaxshigina «taqaladi»

Navoiydan qaytgan Bosh prokuror Departament va MIB  mas’ullarini yaxshigina «taqaladi»

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Navoiy viloyati xizmat safaridan qaytgan O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev tizimning ikki tarmog‘i -  Departament va Majburiy ijro byurosi mas’ullarini yaxshigina   «taqaladi».

Gapp shundaki,  kuni kecha mamlakat Bosh qonun posboni  raisligida ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni ta’minlash yuzasidan videoselektor  o‘tkazdi.  Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti hamda Majburiy ijro byurosi rahbarlari, shuningdek, hududiy prokuraturalar, Departament va Byuro mutasaddilari ishtirok etgan mazkur tadbirda kun tartibidagi masalalar tanqidiy tahlil qilindi.

Ma’lumki, oziq-ovqat xavfsizligini, shuningdek qish − bahor mavsumida narxlarning barqaror saqlanishini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini jamg‘arish va  «daladan-dasturxonga tamoyilini» to‘liq joriy etish, narx-navoning asossiz oshishini oldini olish kabi masalalar ixrosi ustidan nazorat Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari   chekiga tushgan. Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni taminlash esa  Majburiy ijro byurosining to‘g‘ridan to‘g‘ri vazifasi hisoblanadi.

Demak, tadbirda Departament va MIB mas’ullari  «terlashi» o‘z-o‘zidan ayon.

Shundoq bo‘ldi ham. Ayniqsa, hududiy organ rahbarlari! Chunki, amalga oshirilgan muayyan ishlar qatori  «dam yeb» yotgan muammolar ham oz emas  ekanda.

Qayd etildiki, yurtimiz dehqon bozorlarida 473 ta arzonlashtirilgan maxsus rastalar tashkil etilib, ishlab chiqaruvchining o‘z narxida mahsulot sotishi ta’minlandi, zarur bo‘lgan hollarda esa bevosita yuk mashinasidan savdo qilish uchun sharoit yaratib berildi. Har bir bozorga mas’ul xodimlar biriktirilgan holda kunlik monitoring o‘tkazilib, narx-navoning oshishi ehtimoli mavjud bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi narxida intervensiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, joriy yilning 15 martidan shu kunga qadar 72,4 ming tonna kartoshka, 74,1 ming tonna piyoz, 22,6 ming tonna sabzi, 4,8 ming tonna karam, 5,8 ming tonna tovuq go‘shti, 13,8 ming tonna go‘sht, 63,1 mln dona tuxum, 8,6 ming tonna guruch va 8,4 ming tonna shakar ishlab chiqaruvchilar narxida bir hududdan ikkinchisiga intervensiya qilingan.

Shuningdek, joylarda ishlab chiqaruvchilar, fermer va dehqonlar uchun kichik ekobozorlarni tashkil etish topshirig‘iga binoan mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda hududlarda 274 ta kichik ekobozorlarning qurilishi boshlab yuborildi, 160 tasi esa to‘liq barpo etildi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Biroq bu hammasi ish silliq ketyapti degani emas. Chunki, pandemiya hamon qilichini o‘ynatib turibdi. Bu balo yana qanday va qancha sinovlarga giriftor etadi - bashorat qilish hatto. Shunday ekan, amalga oshirilgan ishlardan ko‘ra, ko‘rilajak choralar va ularning ijrosi haqida ko‘proq bosh qotirish kerak. 

Tadbirda sud qarorlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilinar ekan, bu odil sudlovni ta’minlashning ajralmas bo‘g‘iniga aylanishi lozimligini belgilab o‘tdi.  Ayniqsa, 2020-yil yakuniga qadar jami 5 trln., shundan davlatga 2 trln. so‘mlik ijro hujjatlarini undirish bo‘yicha reja grafik tasdiqlangani yana bir karra eslatildi. Shuningdek, o‘tgan 8 kunda esa jami 1,3 trln. so‘m (shundan davlat foydasiga 364,3 mlrd. so‘m) undirilgani e’tirof etilishi barobarida hududlarda ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan Byuroning mas’ul xodimlari ham keskin tanqid ostiga olindi. O‘z o‘rnida, tadbirda xatlangan mol-mulklarning sotilishi, jinoiy jarimalar hamda soliq qarzdorligini undirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish borasida aniq topshiriqlar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring