Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror saylov uchastkasida sodir bo‘lgan holatga to‘xtaldi

Bosh prokuror saylov uchastkasida sodir bo‘lgan holatga to‘xtaldi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Mirobod tumanidagi 113-sonli saylov uchastkasida «Gazeta.uz» sayti muxbiri bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

Bosh prokurorga ko‘ra, «Gazeta.uz» sayti muxbiri saylov qutisini ko‘zdan kechirib, teginganligi uchun uchastka saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari bilan yuzaga kelgan ziddiyatli holat haqidagi videoyozuv internet monitoringida aniqlangan. O‘rganish jarayonida bu ikkala tomon o‘zaro yarashib, tushunmovchilikni bartaraf etgan, hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, matbuot anjumanida bugungi kunda mamlakatimizda media makon vakillarining faollashuvi, jamoatchilik nazoratining kuchayganligi qonuniylikni ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etganini ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring