Kardinallar birinchi urinishda Papani saylay olishmadi

Vatikanda kecha, 7-may kuni o‘tgan konklavda kardinallar yangi pontifik, ya’ni Papani saylay olishmadi.
Sikstin kapellasi mo‘risidan qora tutun ko‘tarildi — bu ovoz berish natija bermaganini anglatadi.
Ovoz berish uch soatdan uzoqroq cho‘zilgan. Rim papasi saylanishi uchun 133 kardinalning kamida 89 nafari bir nomzodga ovoz berishi shart.
Konklavning ilk kuni oq tutunni ko‘rish umidida Avliya Pyotr maydoniga 45 mingdan ortiq odam keldi, deb xabar berdi Vatican Media.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter