Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda tomorqadan samarasiz foydalangan 49 fuqaroga qo‘shimcha soliq hisoblandi

Navoiyda tomorqadan samarasiz foydalangan 49 fuqaroga qo‘shimcha soliq hisoblandi

Foto: «Sputnik»

Navoiyda tomorqadan samarasiz foydalangan 49 fuqaroga qo‘shimcha 11,8 million so‘m soliq hisoblandi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashrining Navoiy viloyatidagi muxbiri xabar bergan.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Orzumurod Umarov bergan ma’lumotga ko‘ra, yana bir bir qator taqdimnomalar ko‘rib chiqilayapti.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18 martdagi «Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan yerdan samarali foydalanishni tashkil etish, monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Mazkur hujjatda dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa yerlaridan unumli foydalanishini tashkil etish choralari belgilangan. Tomorqa yerlarida aholi mevali va manzarali daraxtlar ekmaganligi, chorva mollari sotib olmaganligi, issiqxona barpo etmaganligi, shu jumladan, yer uchastkasi obodonlashtirmaganligi aniqlansa maxsus ishchi-guruhi tomonidan ogohlantirish xati tayyorlanadi va dehqon xo‘jaligi boshlig‘i yoki tomorqa yer egasiga beriladi.

Belgilangan muddatda yer egalari tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmasa, yer solig‘ining uch barobari miqdorini qo‘llash yuzasidan tuman davlat soliq inspeksiyasiga taqdimnoma kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring