Navoiyda noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi

Navoiy viloyatida Qiziltepa tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari, tuman prokuraturasi hamda IIB xodimlari hamkorligida «Ziyokor» mahallasining cho‘l hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida fuqaro Sh.R. o‘z boshqaruvidagi ekskavator yordamida noqonuniy ravishda qum-tosh aralashmasini kavlab olayotgani aniqlangan va to‘xtatilgan.
Shuningdek, holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarga nisbatan 3 mln 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter