Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda mast haydovchi spirtli ichimliklar do‘koniga mashinada «kirib bordi»

Navoiyda mast haydovchi spirtli ichimliklar do‘koniga mashinada «kirib bordi»

Joriy yilning 14-iyulidan 15-iyuliga o‘tar kechasi tonggi soat 03:30 larda buxorolik 37 yoshli fuqaro «Nexia-3» mashinasida Navoiy shahri ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalarini bir necha bor qo‘pol tarzda buzib o‘tgani kuzatuv kameralariga muhrlangan.

Shuningdek, u Karmana tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M-37 avtomobil yo‘lining chorrahasida svetaforning qizil chirog‘ida o‘tib, «Cobalt» bilan to‘qnashgan.

Bu ham yetmaganidek, yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, shu atrofda joylashgan spirtli ichimliklar sotiladigan do‘konga borib uriladi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida voqea joyiga yetib borgan YPX xodimlari haydovchini alkotester tekshiruvidan o‘tkazishadi. Natija esa hayratlanarli — u g‘irt mast holatida ekani aniqlanadi. Ajablanarlisi, avtomobilda uning oila a’zolari ham bo‘lgan.

Nafaqat o‘zining, yaqinlarining hayotini ham o‘ylamagan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilib, hujjatlar sud idoralariga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring