Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda eshak va harom o‘lgan mol go‘shtidan «tirikchilik» qilgan qassoblar aniqlandi

Navoiyda eshak va harom o‘lgan mol go‘shtidan «tirikchilik» qilgan qassoblar aniqlandi

Mazkur holat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 18-iyul kuni aniqlangan. Bu haqda «Navoitoday» xabar bermoqda.

1972-yilda Karmana tumanda tug‘ilgan, mazkur tumanning Ali Qushchi ko‘chasida yashovchi B.U. ismli shaxs va uning 1996-yilda tug‘ilgan o‘g‘li B.F., «Toshkent» ko‘chasida yashovchi A.B. o‘zaro jinoiy til biriktirib, iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarini Navoiy shahrida joylashgan «Navoiy Agro Myat» xususiy korxonasi binosi yonida F.T. ismli shaxsga 1 million 239 ming so‘mga sotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ulardan jami 1 tonna 727 kilogramm mahsulot olib qo‘yilgan.

Bundan tashqari, B.M. ismli shaxs Navoiy viloyati Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi bilan o‘zaro til biriktirib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘igiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan jami 892 kilogramm hayvon go‘shtining iste’molga yaroqliligi haqida rasmiy hujjat to‘g‘rilab berish evaziga F.T.dan 1 million so‘m olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring