Navoiy shahridagi qurilishda ko‘tarma kran qulab tushdi (foto)
Bugun soat 16:00larda Navoiy shahri, Yoshlik mahallasida ko‘p qavatli uylar qurilishida ishlayotgan kran qulab tushdi. Kran «Shohjahon shamshiri» MChJ tomonidan jalb etilgan bo‘lgan. Bu haqda Navoiy shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kran boshqaruvchisi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat bo‘yicha yana qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter