Navbat Buxoroga. Ayol o‘z do‘konini hokimlikka sovg‘a qildi
Fuqaro X.Rashidova Kogon shahrida joylashgan, o‘ziga tegishli savdo do‘konini shahar hokimligiga beg‘araz taqdim etgan. Shahardagi bosh bekat binosida joylashgan do‘kon 60 m2 maydonga ega.
Shahar hokimi 15 dekabr kuni qaror chiqarib, savdo do‘konini hokimiyat balansiga olishni buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, 30 noyabrda fuqaro Ziyoda Latipova o‘ziga tegishli MERCEDES BENZ S500 HYBRID rusumli mashinani Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga ixtiyoriy ravishda tekinga bergan edi.
Keyinroq esa Toshkent shahrining Uchtepa va Chilonzor tumani hokimliklariga ham bittadan 2 ta uy sovg‘a qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter