NASA Mars atmosferasida ilk bor kislorod olinganini e’lon qildi
NASA mutaxassislari birinchi marotaba Perseverance roverida o‘rnatilgan moslama yordamida Mars atmosferasidan kislorod olishdi. Bu haqda kosmik agentlik saytida e’lon qilingan bayonotga asoslanib TASS xabar qilmoqda.
Bayonotda aytilishicha, 20-aprel kuni MOXIYe eksperimental qurilmasi yordamida Mars atmosferasidan karbonat angidriddan kislorod olingan. NASA vakillari «ushbu texnologiyani namoyish etish endigina boshlanmoqda» deya ta’kidladilar. Keyinchalik bu usul «Marsda kislorod olish va saqlashga» imkon berishi mumkin, bu esa sayyoraga parvozlar uchun foydali bo‘ladi. Buni «ilmiy fantastika haqiqatga aylanadi» degan fikrga isbot o‘laroq ko‘rsatish mumkin.
«Bunday qurilmalar bir kun kelib kosmonavtlarni nafas oladigan havo bilan ta’minlashi mumkin», — deyiladi xabarda. MOXIYe yordamida ular shu paytgacha «taxminan 5 gramm» kislorod olishgan bo‘lib, bu bitta kosmononavtga 10 daqiqa davomida nafas olishi uchun yetarli bo‘ladi. MOXIYe soatiga 10 grammgacha kislorod ishlab chiqarishi kutilmoqda.
«Bu Marsda karbonat angidridni kislorodga aylantirish uchun juda muhim qadamdir», — deydi NASA ilmiy direktorining o‘rinbosari Jim Reyter.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter