«Narxoz»da majburiy forma bekor qilindi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dushanba, 25-noyabrdan boshlab besh kunlik ta’lim tizimiga o‘tadi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi».
Xalq tilida «Narxoz» deya nom chiqargan universitetda endilikda talabalar dushanba-juma kunlari o‘qishga boradi. Shanba va yakshanba kunlari dam olishi kuni bo‘ladi.
Bundan tashqari, universitetda mavjud bo‘lgan qat’iy forma ham bekor qilingan. Endilikda universitet talabasi istalgan kiyimda o‘qishga kelishi va darslarda ishtirok etishi mumkin.
Mavzuga oid: Talabalarning hiqildog‘iga kelgan ichki qoidalar haqida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter