Namangandagi uyda sodir bo‘lgan yong‘inda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
18-dekabr kuni Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini Do‘stlik ko‘chasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib
tushgan.
Voqea joyiga yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan va yong‘in joyi o‘rab olingan.
Yong‘in oqibatida yashash uyiniing ichki qismidan 40 kv.metr joyi va uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda qo‘shnisini yashash uyini ichki qismidan 10 kv.metr va 12-xonadonning eshigi va uyga kirish yo‘lak devorlari yonib zararlangan.
Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining jasadi va farzandining yashash uyining yuvinish xonasida tutunga dimiqqan holda jasadi topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter