Namanganda yuz bergan yirik YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Namanganda yuz bergan dahshatli YTHda 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «UzNews.uz» xabar berdi.
Namangan viloyat IIB YHXBning ma’lum qilishicha, joriy yilning 26 mart kuni soat 7:00 atrofida Namangandagi «Farg‘ona halqa yo‘li»ning 25-kilometrida ko‘p sonli qurbonlar ishtirokida YTH yuz berdi.
«Lacetti»ni boshqarib kelayotgan fuqaro Sh.D. qarshisidan kelayotgan, Farg‘ona viloyati S.E. boshqaruvidagi «Isuzu» bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida «Lacetti» haydovchisining oila a’zolari — onasi, akasi, turmush o‘rtog‘i, qizi va yana bir yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. «Lacetti» haydovchisi hamda Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohati olib, Pop tuman kasalxonasiga yotqizilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter