Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

Namanganda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari J.M. «O.F.» MChJ umumiy ovqatlanish shoxobchasining yopib qo‘yilgan hisob-raqamini ochib berganligi evaziga «S.» MChJ yuristi Yu.O. (sobiq DSI xodimi) orqali tadbirkor M.A.dan 2 000 AQSh dollari pora talab qilib, ushbu pullarni Yu.O. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan va Yu.O.ga nisbatan 28, 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring