Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda hamshira va mudir o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Namanganda hamshira va mudir o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti

Namangan viloyatida fuqaroni hamshiralikka ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan hamshira va uning sherigi mudir o‘rinbosari ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan viloyati perinatal markazi hamshirasi M.S. fuqaro F.ni sog‘liqni saqlash boshqarmasida ishlovchi tanishi orqali Kardiologiya shifoxonasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Namangan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli «Maxsus zaxira bazasi» bo‘limi mudiri o‘rinbosari A.A. hamshira M.S.dan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring