Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda baliqlar ommaviy qirilmoqda. Aholi kasal baliqlarni iste’mol uchun tutyapti (video)

Namanganda baliqlar ommaviy qirilmoqda. Aholi kasal baliqlarni iste’mol uchun tutyapti (video)

«Ekologuz» kanali tomonidan xabar qilinishicha, Namangan viloyati Sirdaryo suv havzasida baliqlarning o‘lati kuzatilgan. Suv yuzasiga chiqqan kasal baliqlarni mahalliy aholi tutayotganini videodan ko‘rish mumkin.

Kanal tomonidan ta’kidlanishicha, baliqlar nimadan kasallangani va o‘lganini aniqlamay turib, ularni tutib yeyish va sotish inson sog‘lig‘i uchun xavflidir.

«Namangan viloyati Ekologik va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Ekopartiya, sanitariya-epidemiologiya xodimlari mazkur holatga zudlik bilan aniqlik kiritib, tutilgan va balki sotuvga ham chiqarilgan (buni xursand bo‘lib videoda baliqni tutayotganlardan kutish mumkin) baliqlarni aholidan olish va tekshirish zarur deb o‘ylayman», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu ekologik fojea Qozog‘istonning Chordara suv omborida 20 mart kuni baliqlarning noma’lum kasallik bilan kasallanib, ommaviy ravishda o‘lgani bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring