Namanganda 26 yoshli erkak xotinini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan davlat universiteti oldida yigit o‘zi sevgan qizini pichoqlab o‘ldirib qo‘ygani aytilgan videoxabar tarqaldi.
Bosh prokuratura axborot xizmati bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, haqiqatda NamDU oldida bugun soat 12:00larda qotillik jinoyati sodir etilgan.
Rasmiy ma’lumotda keltirilishicha, To‘raqo‘rg‘on tumanidan yashovchi 26 yoshli erkak o‘zining 23 yoshli turmush o‘rtog‘ini xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan. So‘ng, u o‘ziga bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, o‘z joniga suiqasd qilgan.
Shu vaqtda, voqea joyida bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘z joniga suiqasd qilgan erkak shifoxonaga hushsiz holatda olib borilgan.
Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs turmush o‘rtog‘i bilan 2022-yilning yanvar oyidan buyon o‘zaro oilaviy janjal sababli ajrashib, birga yashamasdan kelgan.
Shundan so‘ng, u turmush o‘rtog‘ini o‘zi bilan birga yashashga majbur qilib, asossiz rashk qilib kelgan holda bir necha marotaba janjallashib yurgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter