Toshkent bekatlariga «LED» tablolar o‘rnatilmoqda
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahrining markaziy avtobus bekatlarida «LED» tablolar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar qilmoqda.
«Avtobuslar harakat jadvalini aks ettiruvchi mazkur turdagi tablolar har qanday ob-havo sharoitida benuqson ishlashi, ularda uzatilayotgan ma’lumotlarning aniqligi barcha yo‘lovchilarimiz uchun birdek manzur bo‘lishi shubhasiz»,-deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, «Android» va «IOS» tizimi uchun mo‘ljallangan hamda qayta ishlangan va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan «Tashbas» mobil ilovasi faoliyat boshlamoqda. Ushbu ilova kelgusi haftadan sinov tariqasida ishga tushiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter