«MY» va «Barselona» jazolandi
«Barselona» va «Manchester Yunayted» moliyaviy qoidalarni buzganligi uchun jazolandi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.
«Barselona» 2022 yili nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan foyda to‘g‘risida noto‘g‘ri hisobot bergani uchun 500 ming yevro jarimaga tortildi.
«Manchester Yunayted» o‘z navbatida 300 ming yevro jarimaga tortildi. Klub ozgina zarar ko‘rgani haqida xabar berdi.
Yevropaning etakchi ligalarida 2023/2024 yilgi futbol mavsumi avgust oyida boshlanadi. «Barselona» va «Manchester Yunayted» yo‘l olgan Chempionlar ligasining guruh bosqichi sentyabr oyida boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter