Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassislar 170 ta filning sirli o‘limidan xavotirda

Mutaxassislar 170 ta filning sirli o‘limidan xavotirda

Foto: «Tusker Tim»

Botsvanada sirli o‘lim topgan fillarning soni 170 taga yetdi, jonivorlarning halok bo‘lish sababi noma’lumligicha qolmoqda, deya xabar berdi mahalliy «Mmegi» nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk bor filning jasadi 11-may kuni Seronga qishlog‘i yaqinidan topilgan. Oradan bir oy o‘tsa hamki, hali-hanuz jonivorlarning jasadi chiqib turibdi. Chamasi ikki haftalar oldin fil jasadi namunalari Janubiy Afrika Respublikasi Pretoriya shahri Onderstepoortdagi veterinariya laboratoriyasiga yuborilgandi, biroq hali ham ko‘rib chiqilgani yo‘q.

«Laboratoriya koronavirus tufayli izolyasiyaga olingandi. Yaqindagina faoliyatini tikladi», — deydi rasmiylardan biri.

Nashrning yozishicha, fillar atrofidagi vaziyat yovvoyi tabiat masalalari bilan shug‘ullanuvchi mahalliy nodavlat tashkilotlar, xususiy veterinar va turli ekspertlarni xavotirga solmoqda. Ularning fikricha, hukumat tekshiruvga ruxsat bermayapti.

Fillarning sirli o‘limi haqidagi ilk xabar 11-may kuni paydo bo‘ldi. Sirli deyishimizga sabab, fil jasadiga qo‘l tegizilmagan. Shu bois bu o‘rinda brakonerlik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Keyingi tekshiruvlar esa jonivorlarning halok bo‘lishiga sibir yazvasi yoki odamlarning zaharlashi sabab bo‘lmaganini tasdiqladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring