Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassis rossiyaliklarning koronavirusga qarshi qachon ommaviy emlanishini aytdi

Mutaxassis rossiyaliklarning koronavirusga qarshi qachon ommaviy emlanishini aytdi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiya taxminan bir oydan keyin boshlanadi. Bu haqda Gamaleya nomli markaz direktori Aleksandr Ginsburg «RIA Novosti»ga ma’lum qilgan.‌‌

«Ommaviy vaksinatsiya biroz kechikishi mumkin», — deya tushuntirdi u.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu allaqachon ishlab chiqilgan vaksinaning ko‘p qismini ro‘yxatdan olingandan keyingi tadqiqotlarga yuborish zarurati bilan bog‘liq.

Ginsburg shundan so‘ng vaksinaning hammasi mamlakat fuqarolariga yetkazilishini aytib o‘tgan. Olimning hisob-kitoblariga ko‘ra, kechikish ikki-uch hafta, nari borsa bir oy davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring