Mutaxassis nonushtaga eng xavfli mahsulotlarni ma’lum qildi
Nonushtaga tez uglevodlarni iste’mol qilish diabetga olib kelishi mumkin bo‘lgan insulin reaksiyasini qo‘zg‘atadi.
Rossiyalik shifokor-nutritsiolog, diyetolog Nina Kurakinaning ta’kidlashicha, inson nonushtaga iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan eng yomon va befoyda yegulik — kruassan va fastfud. Shuningdek, tez uglevodlarga banan, uzum, un mahsulotlari, shirinliklar, shuningdek, kartoshka va guruch kiradi.
«Oxirgi ovqatlanish bilan nonushta orasida uzoq vaqt bo‘lganligini hisobga olsak, bu bizni qiynab qo‘yadi. Negaki qonda ko‘p miqdorda insulin portlashi sodir bo‘ladi. Bu qandli diabet va yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladi», — deydi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter