Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mushuk o‘z egalarini yonib kul bo‘lishdan saqlab qoldi

Mushuk o‘z egalarini yonib kul bo‘lishdan saqlab qoldi

Rossiyaning Birobidjan shahrida mushuk  yog‘och uyda yong‘in paytida uxlab yotgan egalarini qutqardi.

Bu haqda «RIA Novosti» Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yahudiy avtonom oblasti bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 1:52 da qutqaruvchilarga Zareche Birobidjan qishlog‘ida joylashgan xususiy uyda yong‘in haqida xabar kelib tushgan.

Uy egalarining omon qolishiga ularning mushugi sababchi bo‘lgan. Mushukning tashqariga chiqmoqchi bo‘lib eshikni tirnalganligi sababli ayol uyg‘ongan. Hayvonni qo‘yib yuborib, u yonayotgan uyini ko‘rgan va darhol uxlab yotgan bolalarni uyg‘otgan, so‘ng qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.

«Qahramon mushuk» sharofati bilan yong‘inda hech kim jabrlanmadi. Hodisa faktlari tekshirilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring