Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muqaddam sudlangan ikki dugona yana jinoyat sodir etdi

Muqaddam sudlangan ikki dugona yana jinoyat sodir etdi

2022 yil 28 dekabr kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida yashovchi fuqaro D.Sh.ning yashash xonadonidan LG rusumli telefoni, Lenovo rusumli noutbuk, Samsung Galaxy A7 Lite rusumli plansheti va 5.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlari yo‘qolgan.

U huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilib, ushbu buyumlarni noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan va noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, gadjetlarni o‘g‘irlagan shaxslar Namangan viloyatida yashovchi, muqaddam sudlangan ayollar – 1999 y.t. Yu.U. va 2003 y.t. N.S. ekanligi aniqlanib, ulardan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Yu.U. va N.S.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring