General Tohiriy 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari general Muidjon Tohiriy uch yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi hamda eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida jarima to‘lashga hukm qilindi. Bu haqda «Gazete.uz» xabar bermoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi 16-may kuni Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari Muidjon Tohiriy ishi bo‘yicha hukm chiqardi.
U Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207 (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-modda (mansab soxtakorligi)lari bo‘yicha aybdor deb topildi.
Muidjon Tohiriyning hibsga olingani haqida 2018-yilning dekabr oyida ma’lum bo‘lgan edi. U Davlat bojxona qo‘mitasining rahbari sifatida 2016-yilning dekabridan 2018-yilning fevraligacha ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter