Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

Muftiy hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

20-aprel, shanba kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengash a’zoligiga qabul qilinganlari e’lon qilindi. 

Yig‘ilishda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi ulamolari Muftiy hazratlarini ushbu martaba bilan qutlab, O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholadilar.

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Xalqaro musulmon ulamolari kengashi va Musulmon donishmandlar kengashi a’zosi ham hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Islomiy fiqh akademiyasi – Islom olami uyushmasi (Robitat al-olam al-islomiy)ga qarashli Islom dunyosining taniqli faqih va yetuk ulamolaridan tashkil topgan mustaqil, yuridik maqomga ega bo‘lgan nufuzli ilmiy tashkilotdir.

Akademiya 1977-yil 10-dekabrda tashkil etilgan. Qarorgohi Makka shahrida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring