Mudofaa vazirligi Nukusdagi namoyishlar haqida yangi video e’lon qildi
Mudofaa vazirligi e’lon qilgan videolavhada harbiy xizmatchilar o‘sha vaqtda bo‘lgan voqealarni gapirib berdi. Xususan, ular qurol ishlatmaslik bo‘yicha buyruq olgani haqida aytishadi.
«Chunki u yerda tinch, oddiy xalq bor edi», — deydi BTR ekipaji komandiri Rustam Bobojonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uning guruhi 17:30 lar atrofida harakatni boshlagan bo‘lsa, doimiy joylashuv joyiga qarab taxminan 500 metrlar yurgan.
Odamlar texnikalarga zarba berishni, oynalarini sindirishni boshlagan.
«O‘sha payt texnikamiz bilan xalqning ustiga bostirib haydamadik. Xalqqa qurol ishlatmadik, ularning birortasining joniga ozor berganimiz yo‘q. Hammasiga chidab, bolalar bilan qasamyodga sodiqligimizni isbotladik», — deydi Rustam Bobojonov va qo‘shimcha qiladi: «Qoraqalpoq xalqi — tushungan xalq. Ular yovuz kuchlar ta’siriga tushib qolganini tushunishdi. Tushungani uchun ham tartibsizliklar to‘xtadi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter