Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Farhodjon Ortiqov.
O‘zbekiston Prezidentining farmoyishiga ko‘ra, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Farhodjon Nabijonovich Ortiqov lavozimidan ozod etilib, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ortiqovning o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib Sharqiy harbiy okrugiga qarashli G‘urumsaroy garnizonidagi harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Dilshod Sadulloyevich Choriyev tayinlangan.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter