Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida shtab tashkil etildi

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida shtab tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi «Koronavirus infeksiyasini tarqatilishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan «O‘zbekneftgaz» AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida COVID-19 koronavirusining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha bo‘yruq va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Boshqarmaning koronavirus pandemiyasini neft va gaz sohasiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha mas’ul xodimlardan iborat shtab tashkil etildi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi shtabning tarkibi va navbatchilik jadvali ishlab chiqildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari onlayn rejimiga o‘tildi.

Kon va sexlarga ishchi-xodimlarni tana haroratini o‘lchash uchun 60 dona termometrlar bilan ta’minlandi, tana harorati o‘lchanib, faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibi joriy etildi. Ish joylarida xodimlarning tana haroratini o‘lchash va tana harorati yuqori bo‘lgan xodimlarni ish joyida bo‘lmaslik choralari ko‘rilgan. Har bir qurilmada ishga kelib ketuvchi xodimlarni ro‘yxatga olish daftari joriy etildi va nazoratga olindi.

Davlat sanitariya nazorat organlarining talabnomasiga binoan koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo‘lganlar haqida darhol ma’lumot berish yuzasidan xodimlar o‘rtasida doimiy ravishda tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Boshqarmaning barcha ishchi-xodimlari himoya niqoblari bilan to‘liq ta’minlandi. Xodimlarni vaxta uslubida ish joylariga olib borib olib keluvchi avtobuslar va barcha avtotransport vositalari ish boshlashdan oldin dezinfeksiya qilinmoqda.

Ish joylari ijtimoiy soha ob’yektlari, (yotoqxona, oshxona, hojatxona va yuvinish xonalar)da doimiy ravishda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va aholisiga yoqilg‘i-energetika mahsulotlarini barqaror yetkazib berish, neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarishning uzluksiz ishlashini hamda 2020 yilgi asosiy prognoz ko‘rsatgichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida kechayu-kunduz ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring