Moskva-Toshkent yunalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va yangi yil bayramini O‘zbekistonda kutib olishni niyat qilgan hamyurtlarimiz va xorijliklariga bayram tuhfasi tayyorlangan.
Yo‘lovchilarga arzon va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida «Toshkent – Moskva – Toshkent» yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Ilk avtobus 19 dekabr kuni soat 12:00 da Rossiya Federatsiya poytaxti Moskva shahri tomon «Toshkent» avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 900 000 so‘m etib belgilangan.
Mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar «Uzautotrans Service» korxonasining zamonaviy Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. «Toshkent» avtovokzalidan yo‘lga chiqqan avtobuslar yo‘nalishida so‘nggi bekat Moskvaning «Novoyasenevskaya» avtostansiyasi bo‘ladi. Qatnov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni «Toshkent» avtovokzalidan olish mumkin.
Qayd etish kerakki, hozirgacha Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod va Qozon shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter