Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva meri murojaat bilan chiqdi. U vaziyatni «o‘ta chigal» demoqda

Moskva meri murojaat bilan chiqdi. U vaziyatni «o‘ta chigal» demoqda

Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxt aholisi murojaat qildi va «vaziyatni chigal» deya baholadi.

«Hurmatli fuqarolar, Moskvada aksilterror operatsiyasi rejimi e’lon qilindi. Vaziyat qiyin.

Xatarlarni kamaytirish uchun men tezkor shtab doirasida dushanbani ishlanmaydigan kun deb e’lon qilishga qaror qildim - uzluksiz sikldagi hokimiyat va korxonalar tizimi, harbiy-sanoat kompleksi va shahar xizmatlari bundan mustasnodir.

Iloji boricha shahar bo‘ylab sayohat qilishdan tiyilishingizni so‘rayman. Muayyan bloklarda va ma’lum yo‘llarda harakat to‘sib qo‘yilishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar va hodisalar haqida o‘z vaqtida 112 ga xabar bering», deyiladi Sobyaninning murojaatida.

Shahar xizmatlari shay holatga keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, vagnerchilar rahbari Yevgeniy Prigojin «adolat marshi» e’lon qilib, o‘z kuchlari Moskva tomon harakatlanayotganini e’lon qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring