Moskva-Farg‘ona samolyotida bir yo‘lovchi vafot etdi
Moskvadan Farg‘onaga qarab uchgan samolyot yo‘lovchisi o‘zini yomon his qilgan va shifokorlar yetib kelguncha bortda jon bergan.
Shu sababli avialayner Samara aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Samaradagi Kurumuch aeroporti matbuot xizmati xabar bergan.
«Samolyot qo‘ngach, reanimatsiya mashinasi va tez yordam karetasi ularni kutib olgan», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter