Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligida bo‘shatishlar: aslida qancha amaldor va kimlar ishdan olingan?

Moliya vazirligida bo‘shatishlar: aslida qancha amaldor va kimlar ishdan olingan?

Foto: «Vlast.kz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida moliya vazirligi faoliyatini keskin tanqid qilgandi. 23 dekabr kuni esa vazirlikning 50 nafar xodimi ishdan olingani haqida xabar bergan edik.

Aniqlanishicha, moliya vazirligi tizimidagi jiddiy kamchiliklar, haddan tashqari byurokratiya holatlari, ayniqsa, davlat moliyaviy nazorati xodimlarining nojo‘ya xatti-harakatlari va tizimdagi boshqa yig‘ilib qolgan salbiy holatlar sababli kadrlar qisqartiruvi kuzatilgan.

O‘zAning xabariga ko‘ra, vazirlik markaziy apparatidan 2 nafar bosh boshqarma boshlig‘i, 2 nafar bosh boshqarma o‘rinbosari, 4 nafar boshqarma boshlig‘i, 1 nafar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 3 nafar bo‘lim boshlig‘i hamda 4 nafar xodim, jami 16 kishi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bugungi kunga kelib bularning safiga 8 kishi qo‘shilgan va bu raqam 24 tani tashkil etadi.

Jumladan, G‘aznachilik boshlig‘i o‘rinbosari — Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i F.Nurmuhamedov, Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xaydarov, Sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A. Abdullayev, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Agzamov, Soliq va bojxona-tarifi siyosati boshqarmasining boshlig‘i I.Golisheva, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi Tashkiliy-uslubiy ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Jumayev egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring