Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi tenderi bekor qilindi

Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi tenderi bekor qilindi

«Moliya vazirligi o‘quv markazi o‘tkazgan qariyb 700 mln so‘mlik tenderda aka-ukaga tegishli ikkita firma qatnashdi» sarlavhali xabar ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi buyurtmachiligida «etender.uzex.uz» maxsus axborot portalida 35353-sonli lot bo‘yicha jami qiymati 785 mln so‘mlik o‘tkazilgan davlat xaridi o‘rganilgan.

O‘rganish davomida buyurtmachi tomonidan «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunining 10, 23 va 42-moddalari talablari buzilganligi, ya’ni tanlashda ishtirok etgan «Invest Book» MChJ va «Euroasia Print» MChJ ta’sischilari affillanganligiga e’tibor berilmaganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan Agentlik tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markaziga taqdimnoma kiritilib, tender bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring