Inha talabasi Daun sindromi bilan tug‘ilgan bolalarning ota-onalari uchun dastur yaratdi
Toshkent shahridagi Inha universiteti 1-kurs talabasi Sevinch Mahmudovanung ixtirosi «O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» ning 3-Respublika bosqichi tanlovida g‘olibi deb tan olindi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Uning ixtirosi — «Sun Child» mobil loyihasi Daun sindromi bilan tug‘ilgan bolalarning ota-onalari uchun yaratilgan bo‘lib, uning yordamida ota-onalar bolaning rivojlanish dinamikasini kuzatishga muyassar bo‘lishadi.
Mazkur ilovada dastlab bolaning kartasi ochilib, unda uning vazni, bo‘yi va yoshi ko‘rsatiladi. So‘ngra, so‘rovnoma orqali ular uning rivojlanish darajasini va rivojlanishning yoshga mosligini aniqlaydilar. Masalan, bola bir yoshda, u o‘tiradi, yemaklaydi, qo‘lida ba’zi narsalarni mustaqil ravishda ushlab turadi, his-tuyg‘ularga ta’sir qiladi va hokazo. Dinamikani kuzatish uchun so‘rovnomani har ikki oyda bir marta to‘ldirish tavsiya etiladi. Ilova shuningdek motivatsion multimedia materiallari va maxsus onlayn maslahat beradigan shifokorlar ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlash joizki, Sevinch o‘zining mobil ilovasi uchun Oregon (AQSh) universiteti professorlari tomonidan ishlab chiqilgan so‘rovnomadan foydalangan. Talaba savol va javob variantlarini soddalashtirib, avtomatlashtirdi, shuningdek dastur tilini foydalanuvchining telefon tiliga moslashtirdi.
Sevinch ushbu yozda o‘z dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Biroq, undan oldin, u foydalanish huquqini so‘rovnoma mualliflaridan sotib olishi kerak bo‘ladi. Buning uchun talabaga homiylar ko‘magi kerak. Hozirgi kunga qadar Daun sindromli bolalar muammosi bilan hech kim shug‘ullanmaydi. «Sun Child» bolalarni rivojlantirish bo‘yicha barcha tadbirlar bunday maxsus bolalari bo‘lgan oilalar tomonidan tashkil qilinmoqda. Talaba uning loyihasi ko‘plab ota-onalarga nafaqat amaliy, balki motivatsion fotosuratlari va videolari orqali yordam berish imkoniga ega ekanligiga amin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter