Miting va namoyishlarni tartibga soluvchi qonun qabul qilinadi – loyiha

Miting, yig‘ilish va namoyishlar, shuningdek, ommaviy tadbirlar sohasidagi barcha qonunchilik normalarini umumlashtirib, qonun loyihasi takomillashtiriladi.
Bu borada Prezidentning tegishli farmoni loyihasida gap boradi.
Hujjat loyihasida Hukumat, IIV, Milliy gvardiya hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga 2027-yilning oktyabriga qadar «Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish vazifasi topshirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu qonunning qabul qilinishi bilan fuqarolarning ommaviy tadbirlarda, miting va namoyishlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq munosabatlar tartibini belgilaydigan qonunchilik tizimga solinadi va takomillashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter