Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda turistlar yo‘l olgan avtobus halokatga uchradi

Misrda turistlar yo‘l olgan avtobus halokatga uchradi

Foto: «Getty Images»

Misrda turistlar ketayotgan mikroavtobus handaqqa tushib ketdi. Avtobus Qohira shahridan Iskandariya tomon yo‘l olgan edi va to‘satdan suvga to‘la handaqqa tushib ketdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydan 11 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning 3 tasi halok bo‘lgan, 8 kishi jarohatlangan. Shuningdek, halokat sabab avtobus haydovchisi va tarjimon ham tan jarohati olgan.

Aniqlanishicha, mikroavtobus boshqa transport vositasiga urilib ketgan. Bunga uning tezlikni oshirgani sabab bo‘lgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring