Misrda tez pishar ugrani yegan bolakay olamdan o‘tdi

Misr shimolida to‘qqiz yoshli bolakay bir porsiya tez pishar ugrani yegandan so‘ng olamdan o‘tdi, deb yozadi «Akhbar el-Youm» portali.
Hodisa mamlakat shimolidagi al-Mahalla al-Kubra shahrida sodir bo‘ldi.
Bolakayning ota-onasi hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilarga o‘limidan oldin o‘g‘li bir porsiya ugra yeganini ma’lum qilgan.
«Shifokorlarning hisobotlariga ko‘ra, bolaning o‘limiga qon bosimining birdan ko‘tarilishi va yurak xuruji sabab bo‘lgan», — deya xabar beradi portal.
Jinoyat qidiruv xodimlari o‘g‘ilbolaning o‘limi bilan bog‘liq tergov harakatlarini boshlab yuborishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter