Misrda tarixiy asar o‘g‘rilariga umrbod qamoq jazosi beriladi

Misrning qadimiy yodgorliklarini o‘g‘irlagan yoki noqonuniy olib chiqib ketganlarga umrbod ozodlikdan mahrum bo‘lish va 500 ming AQSh dollari miqdoridagi jarima jazosi beriladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Misr parlamentining qaroriga ko‘ra, respublikadan tarixiy yodgorlikni olib chiqmoqchi bo‘lgan yoki shunga o‘xshash ishlarni qilgan har qanday odam umrbod qamalishi va 10 milliondan ortiq Misr funti miqdorida jarimaga tortiladi.
«Qora» arxeologlar va tarixiy yodgorliklarni noqonuniy sotish bilan shug‘ullanuvchi savdogarlar Misr madaniy merosining dushmanlaridan biri hisoblanadi. Har oyda huquqni muhofaza qilish organi xodimlari va arxeologlar o‘nlab noqonuniy qazishma ishlarini aniqlashadi. Biroq ularning ayrimlari sotish uchun emas, qabriston va yangi uylar qurish uchun noqonuniy qazib olinadi.
Avvallari Misrda bunday jinoyatlar uchun 7 yil qamoq va 50 ming dollarlik jarima jazosi belgilangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter