Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda quturgan it 23 kishini tishladi

Misrda quturgan it 23 kishini tishladi

Foto: «RIA Novosti»

Misrning Dayrut shahrida quturgan daydi it 23 kishini tishlab oldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

It ko‘chada 27-iyul kuni erta tongda paydo bo‘lgan. Tushga yaqin 23 kishi it tishlashidan shifoxonaga yotqizilgan. Jarohatlanganlar politsiyaga jonivorni ushlash haqida xabar qilishgan.

Dayrut shifoxonasida jabrlanganlarga ukol qilish uchun zarur dori-darmon yetishmagan. Shu bois yaralanganlarning bir qismi qo‘shni shahardagi shifoxonaga yuborilgan.

Jarohatlanganlar shifokorlar nazoratida. Quturgan itni politsiya xodimlari otish tashlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring