Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Hojimatov Hamidullo Mamirjonovich Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Hamidullo Hojimatov 1982-yilning 23-aprelida tavallud topgan. 2005-yilda Toshkent moliya instituti tamomlagan.
2016-2019-yillar mobaynida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi Iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter