Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi o‘quvchilar va ota-onalardan rasman uzr so‘radi

Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi o‘quvchilar va ota-onalardan rasman uzr so‘radi

Фото: Facebook / Xalq bilan muloqot

Saytimizda bugun Toshkent shahridagi 210-o‘rta maktabda darsliklar bilan bog‘liq noxush holat haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi Saida Muzaffarova quyidagilarni ma’lum qildi:

«Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 210-umumta’lim maktabi, shu jumladan maktab kutubxonasi ham 2018-yilda kapital ta’mirlanishi lozim edi.

Shu bois kutubxona fondidadagi darsliklarga zarar yetkazmaslik maqsadida joriy yilning iyun oyidan kitoblar shu tumandagi Mirzo Ulug‘bek sanoat kolleji va 248-umumta’lim maktabida maxsus xonalarda saqlangan.

2018-yilning 31-avgust kuni maktab direktori Dilfuza Saidmurodovaning topshirig‘i bo‘yicha maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mahbuba Hayitova tomonidan Mirzo Ulug‘bek sanoat kollejidan darsliklarni qaytarib olib kelish uchun ko‘chadan og‘zaki kelishuv asosida «ZIL» yuk mashinasida (haydovchi va yuk mashinasining davlat raqamlari to‘g‘risida ma’lumot yo‘q) yollangan.

Shu kuni soat 1630 lar atrofida shu o‘quv yilida foydalaniladigan va utilizatsiya qilinadigan darsliklar kollejdan maktabga olib kelingan va 4 nafar ishchi yordamida tushirila boshlangan.

Yuk avtomashinasi haydovchisi vaqti tig‘izligi va shoshayotganligi uchun kitoblarni tezda tushirish kerakligini aytgan. Maktab direktori Dilfuza Saidmurodova va direktor o‘rinbosari Mahbuba Hayitovalar maktabda ta’mirlash ishlarini bajarayotgan ishchilarni jalb qilish maqsadida binoga kirib-chiqayotgan vaqtda «ZIL» haydovchisi darsliklarning tushirilmagan bir qismini to‘kib yuborgan.

Shu kuni soat 21 gacha darsliklar maxsus ajratilgan xonaga olib kirib joylashtirilgan va ularga zarar yetmagan.

Yuz bergan noxush holat uchun 210-umumta’lim maktabi, Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi jamoasi maktab o‘quvchilari va ota-onalardan uzr so‘raydi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring