Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

Mirziyoyev Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi.

Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyev joriy yil fevral oyida ham mazkur majmuaga qurilish ishlari bilan tanishish uchun borgan edi. Majmua shaharning Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasidagi qariyb 8 gektar maydonda barpo etilgan.

Jaloliddin Manguberdining ot ustida qilich tutib turgan haykali bronzadan yasalgan. Uning asosi bilan birga jami balandligi qariyb 25 metr bo‘lib, uzoqdan ham ko‘rinib turadi. Haykal rossiyalik mutaxassislar tomonidan yasalgan.

Urganch shahrining markaziy maydoni yangidan qurilishi, maydon markazida esa Jaloliddin Manguberdining 25 metrlik kattalikdagi haykali o‘rnatilishi esa 2021-yilning yanvarida ma’lum bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring