Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Sankt-Peterburgdagi madaniy tadbirlarda qatnashdi (foto)

Mirziyoyev Sankt-Peterburgdagi madaniy tadbirlarda qatnashdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog‘ majmualari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan birgalikda «Pavlovsk», «Sarskoye selo» va «Petergof» muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurdi.

XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan ushbu tarixiy obidalar YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, me’morchilik va bog‘chilik san’ati durdonalari sifatida tan olingan.

Tanishuv chog‘ida davlat rahbarlariga saroylar tarixi, ularning ichki bezagi va badiiy to‘plamlari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi. Oliy martabali mehmonlar e’tiboriga musiqa va xalq og‘zaki ijodi jamoalarining chiqishlari havola etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring