Saylov qog‘oziga «Yo‘qolsin urush!» deb yozgan rossiyalik qamoqqa olindi
Sankt-Peterburglik fuqaro saylov byulleteniga «Yo‘qolsin urush!» deb yozgani uchun sakkiz kunga hibsga olindi.
Sankt-Peterburg sudlarining qo‘shma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sud Aleksandra Chiryatiyevani mayda bezorilik va Rossiya armiyasini «obro‘sizlantirish»da aybli deb topgan.
Sankt-Peterburglik 8 kunlik hibsga va 40 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi.
Rasmiy xabarda aytilishicha, Chiryatiyeva saylov byulleteniga «Yo‘qolsin urush!» deb yozib, «davlat mulkiga zarar yetkazgan va Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarini obro‘sizlantirgan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter