Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mir» kartalari O‘zbekistonda, «Uzsard» esa Rossiyada

«Mir» kartalari O‘zbekistonda, «Uzsard» esa Rossiyada

Kecha, 28-mart kuni Xalqaro moliya-bank forumi doirasida «Uzsard»-«Mir» kobeyjing kartalarini chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deb xabar berdi Yagona umumrespublika protsessing markazi.   

Shu tariqa «Mir» kartalaridan O‘zbekiston hududida foydalanish mumkin.

«Mir» to‘lov tizimi bilan hamkorlik xorijlik turistlar va o‘zbekistonlik tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytiradi.

Foto: «uzcard.uz»

«Mir» tizimi «Maestro», «JCB» va «UnionPay» singari yirik xalqaro tizimlar bilan birgalikda kartalar chiqaradi.

Ikkala to‘lov tizimi hamkorligida «Mir» to‘lov tizimida ishtirok etuvchi Rossiya banklari infratuzilmasida «Uzcard» kartalari qabul qilinishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring