«Uzsard» kartalari egalari uchun xushxabar
Endilikda «QIWI o‘tkazmalari» va «CONTACT pul o‘tkazmalari» xizmatlaridan bemalol foydalanish imkoniyati yaratildi. Ushbu xushxabar «Uzsard» kartasining barcha egalari hamda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha banklarning mijozlariga taalluqlidir.
Demak, yaratilgan yangilik borasida nimalarni bilishimiz kerak:
- pul o‘tkazmalari faqat bir tomonlama amal qilmoqda, ya’ni O‘zbekiston hududiga pul o‘tkazish imkoniyati yaratildi;
- pul mablag‘i to‘g‘ridan-tug‘ri «Uzsard» kartalariga tushiriladi;
- loyiha hamkori «Universalbank»;
- chet eldan 500 dollarlik limit bilan pul o‘tkazish imkoni bor;
- 2 foizlik komissiya to‘lovlari faqat jo‘natuvchidan yechib olinadi;
- tijorat kursi hisob yurituvchi bank tomonidan belgilanadi.
Yaqin kunlarda «Uzsard» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «QIWI o‘tkazmalari» va «CONTACT pul o‘tkazmalari» xizmatining qo‘shimcha funksiyalari ham joriy qilinadi.
Hozircha, yaratilgan yangi imkoniyatlar yordamida istalgan vaqtda, xorijdan turib oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz plastik kartasiga bemalol pul o‘tkazishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter