Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzsard» kartalari egalari uchun xushxabar

«Uzsard» kartalari egalari uchun xushxabar

Foto: «uzcard.uz»

Endilikda «QIWI o‘tkazmalari» va «CONTACT pul o‘tkazmalari» xizmatlaridan bemalol foydalanish imkoniyati yaratildi. Ushbu xushxabar «Uzsard» kartasining barcha egalari hamda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha banklarning mijozlariga taalluqlidir.

Demak, yaratilgan yangilik borasida nimalarni bilishimiz kerak:

  • pul o‘tkazmalari faqat bir tomonlama amal qilmoqda, ya’ni O‘zbekiston hududiga pul o‘tkazish imkoniyati yaratildi;
  • pul mablag‘i to‘g‘ridan-tug‘ri «Uzsard» kartalariga tushiriladi;
  • loyiha hamkori «Universalbank»;
  • chet eldan 500 dollarlik limit bilan pul o‘tkazish imkoni bor;
  • 2 foizlik komissiya to‘lovlari faqat jo‘natuvchidan yechib olinadi;
  • tijorat kursi hisob yurituvchi bank tomonidan belgilanadi.

Yaqin kunlarda «Uzsard» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «QIWI o‘tkazmalari» va «CONTACT pul o‘tkazmalari» xizmatining qo‘shimcha funksiyalari ham joriy qilinadi.

Hozircha, yaratilgan yangi imkoniyatlar yordamida istalgan vaqtda, xorijdan turib oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz plastik kartasiga bemalol pul o‘tkazishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring