Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksina tayyor bo‘lganini e’lon qildi
Rossiyada harbiy virusologlar hamda Gamaleya nomli epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi hamkorligida ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina tayyor. Bu haqda muodofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ruslan Salikov «AIF» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Mutaxassislarimiz va milliy tadqiqot markazi olimlari sinov natijalari bo‘yicha yakuniy bahoni berishdi. Koronavirusga qarshi immunitet olgan barcha ko‘ngillilar shifoxonadan chiqayotgan vaqtda o‘zlarini yaxshi his qilishgan», — deydi u.
Salikovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari bunday tadqiqot ishlarini olib borish uchun ilmiy va klinik salohiyatga ega. Masalan, rossiyalik harbiy virusologlar va tibbiyot xodimlari xavfli kasalliklarga, shu jumladan, Ebolaga qarshi vaksinalar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter